Gaz hisoblagichda yuzaga kelgan nuqson mutaxassislar tomonidan bartaraf qilib berildi

Gaz hisoblagichda yuzaga kelgan nuqson mutaxassislar tomonidan bartaraf qilib berildi

Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning «At-Termiziy» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M.T.ning tabiiy gaz tarmog‘idan ogohlantirishsiz uzib qo‘yilgani holati yuzasidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli yagona ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

O‘rganishda ma’lum bo‘lishicha, xonadonga zamonaviy rusumdagi gaz hisoblagich uskunasi o‘rnatilgan bo‘lib, o‘z-o‘zidan tarmoqdan uzilib qolgan. Ushbu holat yuzasidan shahar gaz ta’minoti idorasiga kiritilgan so‘rovga ma’lum qilinishicha, uzilishga gaz hisoblagich usuknasida yuzaga kelgan nosozlik sabab bo‘lgan. Gaz idora mutaxassislari tomonidan hisoblagich nazoratdan o‘tkazilishi jarayonida uning quvvatlagichi va sim kartasi almashtirib berilib, hisoblagich va operator o‘rtasidagi aloqa tiklangan. Shuningdek hisoblagichga himoya qutisi o‘rnatilib, xonadon gaz tarmog‘iga ulangan.

Muhammadjon O‘lmasov,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Post Comment