Tovar haqida iste’molchiga to‘laqonli ma’lumot berilmaganligi uni sotuvchiga qaytarilishiga sabab bo‘ldi

Tovar haqida iste’molchiga to‘laqonli ma’lumot berilmaganligi uni sotuvchiga qaytarilishiga sabab bo‘ldi

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning Sarbazor ko‘chasida yashovchi E.Yu.ning do‘kondan 1 158 000 so‘mga xarid qilingan elektr isitgichlarning nuqsonli chiqqanligi va sotuvchi uni almashtiri, berish ishlarini paysalga solayotganligi xususidagi murojaati o‘rganildi.

Iste’molchining so‘zlariga ko‘ra, do‘kondan xarid qilib olib kelingan isitgichlar 3 kun ishlagandan so‘ng ularda nosozlik kuzatilib yaxshi ishlamagan. Sotuvchiga ularni maqbul sifatdagisiga almashtirib berish bo‘yicha qo‘ygan qonuniy talabi esa qanoatlantirilmagan.

O‘rganish doirasida elektr isitgichlar me’yordagidan pastroq kuchlanishda yaxshi ishlamasligi, oldi-sotdi jarayonida xaridorga bu haqda tushuntirishlar berilmagani ma’lum bo‘ldi. Tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirilib, tovar sotuvchiga, ular uchun to‘langan pul summasi esa iste’molchiga qaytarildi.

Farxodjon Xaydarov,
shahar jamiyati raisi.

Post Comment