Qo‘qon davlat pedagogika institutida Jamoat fondi granti asosidagi tadbir bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasining “Kelajagimiz bo‘lgan yoshlar moliyaviy savodxon bo‘lmog‘i zarur” nomli loyihasiga ajratilgan grant loyihasi doirasida Qo‘qon shahridagi Pedagogika instituti talabalari ishtirokida moliyaviy savodxonlikni targ‘ib qilishga oid tadbir bo‘lib o‘tdi.
Oliy ta’lim dargohida ta’lim olayotgan talabalarning moliyaviy xizmatlar sohasidagi iste’molchilik huquqlarini himoya qilish, ularning bu boradagi huquqiy bilimlarini oshirishni ko‘zda tutuvchi mazkur seminar-trening Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi hamda hududiy birlashma hamkorligida tashkillandi. Unda talabalarga moliyaviy xizmatlarning kreditlar, omonatlar, valyuta ayirboshlash, pul o‘tkazmalari, plastik kartochkalardan foydalanish, sug‘urta, lizing, brokerlik, lombardlar faoliyatiga oid masalalarda atroflicha tushuntirishlar berib o‘tilib, ularning bu boradagi huquqiy bilimlarini oshirish, savodxon bo‘lishga chorlash bilan bir qatorda, ushbu yo‘nalishlardagi turli firibgarliklardan, kiberjinoyatlardan ehtiyot bo‘lish yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar ham berib o‘tildi.
Tadbirlar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, unda faol ishtirok etgan talabalarga kitoblar sovg‘a qilindi.
Post Comment