Asoslanmagan qarzdorlik summasi iste’molchining shaxsiy hisob varag‘idan chiqarildi
Quva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «M.Xasanov» nomli mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi T.A.ning iste’mol qilingan ichimlik suvi to‘lovlari bo‘yicha hisoblangan asoslanmagan qarzdorlikdan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchi murojaatida joriy yilning mart oyida ichimlik suvi ta’minoti korxonasi tomonidan uning xonadoniga nisbatan asoslanmagan qarzdorlik hisoblanayotganligi masalasida qilgan murojaatiga haqiqatan ham 820 000 so‘m miqdorida noreal qarzdorlik hisoblanganligi va u bartaraf etilishi bo‘yicha javob xatlarini olganligini, lekin shu yilning noyabr oyiga kelib yana shu masalada muammoga duch kelayotganligini ma’lum qilib, masalani qonuniy yechim topishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.
Tuman jamiyati tomonidan murojaat asosida o‘tkazilgan o‘rganishda iste’molchi tomonidan keltirilgan vajlarning o‘rinli ekanligi, xonadonda ichimlik suvi ta’minoti korxonasi tarmog‘i mavjud bo‘lmasada uning xonadoniga nisbatan qarzdorlik hisoblanib kelinganligi va ushbu qarzdorlik summasi 978 524 so‘mni tashkil etayotganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu holat ichimlik suvi ta’minoti korxonasidan olingan javob xati (05.12.2024 y №479) bilan ham isbotini topdi hamda o‘rganish natijalari bilan mazkur asoslanmagan qarzdorlik summasini iste’molchining shaxsiy hisob varag‘idan chiqarib yuborilganligi ma’lum qilindi.
Adxamjon Xamidov,
tuman jamiyati raisi.
Post Comment