Shartnoma tovar vaqtida yetkazib berilmagani vajidan bekor qilindi

Shartnoma tovar vaqtida yetkazib berilmagani vajidan bekor qilindi

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Qirguli» mahalla fuqarlar yig‘ini hududida yashovchi M.K.ning bo‘lib to‘lash shartlarida xarid qilingan tovarlardan biri yetkazib berilmayotganligi holati yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi murojaatida «Ishonch» kredit savdo do‘konidan bo‘lib to‘lash shartlarida suv nasosi va hojatxona uchun unitaz xarid qilganligini, lekin sotuvchi tomonidan suv nasosi yetkazib berilgan bo‘lsada, 1 064 500 so‘mga xarid qilingan unitazni yetkazib berish ishlari paysalga solinayotganligini ma’lum qilib, masalani qonuniy hal qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.

Amaldagi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 19-moddasiga ko‘ra, agar ijrochi shartnomani ijro etishga o‘z vaqtida kirishmasa yoki shartnomaning belgilangan muddatda bajarilmasligi ayon bo‘lib qolsa, iste’molchi ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomadan voz kechishga va yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqli. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, sotuvchi bilan olib borilgan muzokaralarda ma’lum bo‘lishicha, tovarni vaqtida yetkazib berilmaganligiga uni yetkazib berishga tayyorlanayotgan vaqtda nuqson mavjudligi (bochogida yoriq) aniqlanib qolganligi, o‘rniga boshqasini yuborish uchun esa sotuvda xuddi shu rusumdagi tovardan boshqa bo‘lmaganligi sabab qilib keltirildi. O‘rganishda tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, shartnoma bekor qilinib, iste’molchining muammosi bartaraf etib berildi.

Usmonjon Ruziyev,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Post Comment