Sifatsiz chiqqan un mahsulotining puli qaytarib olindi
Quva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Yuqori Qo‘rg‘oncha» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi tuman markazida joylashgan savdo do‘konidan sotib olgan import un mahsulotining sifatsiz chiqqanligi holati yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi tovar yorlig‘iga Qozog‘istonda ishlab chiqarilganligi yozilgan import un mahsulotidan 210 000 so‘mga bir qop xarid qilib, xonadoniga keltirib non pishirgan. Lekin tayyor nonlar sifatli, import undan tayyorlangan bo‘lishiga qaramasdan sifatsiz chiqqan. Bu borada sotuvchiga murojaat qilib bildirgan e’tirozlariga esa qanoatlantiruvchi javob ololmagan.
Tuman jamiyati mutaxassislari sotuvchi – yakka tartibdagi tadbirkor R.O. bilan uchrashilib, unga yuzaga kelgan holat va ushbu holatda amaldagi qonunchilik talablari bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi. Tushuntirishlardan to‘g‘ri xulosa chiqargan sotuvchi sifatsizligi da’vo qilingan un mahsulotini qaytarib olib, mahsulot uchun to‘langan pul summasini iste’molchiga to‘lig‘icha qaytarib berdi.
Adxamjon Xamidov,
tuman jamiyati raisi.
Post Comment