Tibbiyot muassasasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Tibbiyot muassasasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Avval xabar berib o‘tganimizdek, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunini hayotgan keng tatbiq etish maqsadida hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangandi. Mazkur chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyatida ham tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Federatsiyaning Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi o‘rtasidagi hamkorlik dasturiga asosan tuman (shahar) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan tibbiyot muassasalari ishchi xodimlari bilan yuzma-yuz uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari tashkillanib o‘tkazib borilmoqda. Shunday tadbirlarda biri Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari tomonidan shahar tez tibbiy yordam markazida o‘tkazildi.

Tadbirda Vazirlik va Federatsiya o‘rtasida imzolangan hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasidan ko‘zlangan maqsad, undan kelib chiquvchi vazifalar hamda yurtimizdagi iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyati yuzasidan keng qamrovli tushuntirishlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi. Uning yakunlariga ko‘ra esa tibbiyot muassasasi va shahar jamiyati o‘rtasida ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Usmonjon Ruziev,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Post Comment