Iste’molchilik sohasidagi muammolarni bartaraf etish masalalarida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Iste’molchilik sohasidagi muammolarni bartaraf etish masalalarida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan viloyat 2-sonli tumanlararo ftiziatriya dispanserida “Iste’molchilik sohasidagi muammolarni bartaraf etish” mavzusida davra suhbati tashkillandi.

Dispanserning tibbiy xodimlari hamda xo‘jalik bo‘limi ishchi xizmatchilari ishtirok etgan mazkur tadbirda suhbat aholi o‘rtasida iste’mol sohasida yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularni amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asosida bartaraf etish yo‘l-yo‘riqlari ustida bordi. Tadbir davomida tibbiyot muassasasi xodimlariga O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tashkilotlari faoliyati yuzasidan ham atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, tibbiyot muassasasi hamda federatsiyaning Marg‘ilon shahar jamiyati o‘rtasida ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlik aloqalarini tizimli asosda davom ettirishga kelishib olindi.

Nigora Usmonova,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Post Comment