Yil yakunlari: “Yuksalish” harakati Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan qanday ishlar amalga oshirildi?
2024-yil davomida “Yuksalish” harakatiga jami 2394 nafar fuqaro a’zolikka qabul qilindi. Shundan 140 nafari rahbar xodim va deputatlar, 355 nafari ilm-fan sohasi vakillari, 930 nafari talaba yoshlar va volontyorlar, 380 nafari psixologlar, tibbiyot xodimlari, tadbirkorlar va 589 nafari MFY faollaridir.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” harakatiga Davlat dasturining amalga oshirilishini joylarga chiqib, jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda tanqidiy o‘rganib borish va natijalari bo‘yicha har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borish vazifalari yuklatilgan.
Bu borada hududiy bo‘linma tomonidan yanvar-dekabr oylari davomida 32 marotaba jamoatchilik monitoringlari o‘tkazilgan.
Monitoringlar davomida aniqlangan 2 ta masala Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining doimiy komissiyasida, 2 ta masala esa shahar va tuman Kengashlariga kiritilib, hal etildi.
Shuningdek, yil davomida aholini qiynab kelayotgan 2 ta muammoni bartaraf etish bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari tashkil etilib, mas’ullar oldiga masalalar qo‘yildi va bartaraf etish choralari ko‘rildi.
“Yuksalish” harakati Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi, O‘zbekiston Notarial palatasi hamda “Madad” nodavlat-notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda Farg‘ona, Marg‘ilon, Quvasoy, Qo‘qon shaharlari va Oltiariq, Buvayda, Yozyovon, Qo‘shtepa va Rishton tuman Davlat xizmatlari markazi binolarida fuqarolar uchun bepul huquqiy maslahat aksiyasi o‘tkazildi.
Mazkur aksiya doirasida 560 nafarga yaqin turli yoshdagi aholi vakillariga oldi-sotdi shartnomalar, uy-joy masalalari, vorislik huquqi, oilaviy munosabatlar, chet davlatida vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar olish yuzasidan malakali notariuslar tomonidan bepul huquqiy maslahat berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.
Joriy yil davomida “Yuksalish” harakati tomonidan 2 marotaba e’lon qilingan “Biz donormiz” aksiyasi doirasida viloyat hokimligi, Mahallalar uyushmasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, Milliy gvardiya boshqarmasi va ko‘ngilli volontyorlar jalb etildi.
Aksiya doirasida donorlar tomonidan 28,2 litr qon topshirildi.
Post Comment