Qo‘qon temir yo‘l uzelida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi «Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5430 sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 414-sonli qarori asosida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholining muammolarini tizimli o‘rganish va aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishini ta’minlash maqsadida ijtimoiy sheriklik asosida Federatsiyaning Tayanch guruh (boshlang‘ich tashkilot)larini tashkil etish va a’zolikka jalb qilish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi asosida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Qo‘qon temir yo‘l uzelida targ‘ibot tadbiri tashkillandi.
Qo‘qon temir yo‘l uzelining bo‘lim boshliqlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda rahbar va mas’ul xodimlarga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik mazmun-mohiyati, qonunchilik ijrosini ta’minlash hamda temir yo‘l transporti tizimida mehnat faoliyati olib borayotgan ishchi xodimlarning iste’molchilik huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy va hamkorlik masalalari,Federatsiya va uning hududiy tashkilotlarining 2024 yil faoliyat natijalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning yuqoridagi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalari va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi. Uning yakunlariga ko‘ra, ikki tashkilot o‘rtasida ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Post Comment