Tibbiyot xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi o‘rtasida tibbiyot tashkilotlarida mehnat faoliyati olib borayotgan xodimlarning iste’molchilik sohasiga oid huquqiy bilimlarini oshirib borish, ularning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, sohaga oid qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini keng yo‘lga qo‘yish orqali iste’molchilarning huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirish borasida ikki tomonlama ijtimoiy sheriklik va hamkorlik olib borish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi imzolangani va Federatsiyaning hududlardagi tashkilotlari tomonidan joylarda mazkur chora-tadbirlar rejasi bilan belgilab berilgan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida turli shakllarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinayotgani haqida xabarlar berib bormoqdamiz. Uchko‘prik tumanida xuddi shunday tadbirlardan yana biri o‘tkazildi.
Uchko‘prik tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan tumandagi Tez tibbiy yordam stansiyasi ishchi-xodimlari o‘rtasida tashkillangan «Iste’molchilar huquqlari – qonun himoyasida» mavzusidagi tadbirda hududiy birlashma mas’ul xodimlari ham ishtirok etib, Vazirlik va Federatsiya o‘rtasida imzolangan chora-tadbirlar rejasidan ko‘zlangan maqsad va vazifalar, ularni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi. Shuning bilan birgalikda, Federatsiya va uning quyi tuzilmalari tomonidan amaldagi qonunchilik ijrosini ta’minlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar xususida ham axborotlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Tadbir doirasida ikki tashkilot o‘rtasida hududda iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish yo‘nalishida ijtimoiy sheriklik va hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.
Post Comment