Elektr ta’minotida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf qilindi
Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan «Navqiron» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi B.B. xonadoniga o‘rnatilgan elektr hisoblagichda nosozlik yuzaga kelishi oqibatida xonadoni elektr ta’minotidan uzilib qolganligini ma’lum qilib, muammoni tezkorlikda bartaraf etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 31 maydagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan «Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari»ning 16-bandiga ko‘ra, uskunalarni, elektr uzatish tarmoqlarini, hisoblagichlarni ekspluatasiya qilish, ularga xizmat ko‘rsatish va uskunalarni ta’mirlash, shuningdek, o‘z elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlarida nosozliklarni bartaraf etish elektr ta’minoti korxonasi majburiyatlaridan biri hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan, iste’molchi murojaatida keltirilgan holatlarga aniqlik kiritish, murojaatni joyida o‘rganish va muammoni bartaraf etish maqsadida, tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ul xodimi bilan birgalikda iste’molchi xonadoniga tashrif buyurilganda, elektr hisoblagich uskunasida o‘rnida bartaraf etilishi imkoniyati mavjud bo‘lgan nosozlik aniqlanib, muammo joyida bartaraf etildi va xonadonda elektr ta’minoti ta’minlab berildi.
Dilobar Dadaxonova,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment