Asossiz qarzdorlik bartaraf qilindi

Asossiz qarzdorlik bartaraf qilindi

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning «Rohat» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi A.X.ning xonadonida suv hisoblagich uskunasi bo‘lgani holda, xonadondagi iste’molni me’yoriy iste’mol asosida hisob-kitob qilinishi oqibatida qarzdorlik kelib chiqqanligi holatidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi tomonidan o‘rganish ishlari davomida berilgan qo‘shimcha tushuntirishlari, shuningdek olib borilgan o‘rganish ishlarida ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi xonadoniga o‘rnatilgan hisoblagichni davriy qiyoslov o‘tkazish maqsadida hisoblagich hujjatida qayd etilgan sanadan odinroq Davlat xizmatlari markaziga ariza bilan murojaat qilgan. Lekin Vazirlar Mahkamasining 20.08.2019 yildagi 698-son qaroriga ko‘ra, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suv hisoblagichlarining qiyoslov muddati jismoniy shaxslar uchun 8 yil etib belgilangani sababli Markazdan bu borada rad javobi olingan bo‘lsada, joriy yil yanvar oyida ichimlik suvi ta’minoti korxonasi vakili tomonidan xonadondagi suv hisoblagich nosoz holatda qayta hisoblash uchun yuborildi, degan vaj bilan iste’molchiga nisbatan dalolatnoma tuzilgan va xonadondagi iste’molni me’yoriy iste’mol bo‘yicha qayta hisob-kitob qilinib, 398 000 so‘m miqdorida qarzdorlik chiqarilgan.

O‘rganish ishlari davomida ushbu holat yuzasidan shahar suv ta’minoti korxonasiga so‘rov xati kiritilib, yuzaga kelgan holatni hamda noto‘g‘ri hisob-kitob oqibatida yuzaga kelgan qarzdorlik summasini bartaraf etilishiga erishildi.

Nigora Usmonova,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Post Comment