Bo‘lg‘usi huquqshunoslar ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan Farg‘ona viloyat yuridik texnikumida «15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni»ga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkillandi. Texnikum talaba va o‘qituvchilari ishtirokida tashkillangan mazkur tadbirda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ishida hamkor bo‘lgan tashkilotlar, jumladan Texnik jihatdan tartibga solish agentligi viloyat boshqarmasi hamda hududiy birlashma mas’ul xodimlari ham sohaga oid fikr va mulohazalari bilan ishtirok etdilar.
So‘zga chiqqanlar, iste’molchi tushunchasining vujudga kelishi, bu sohada qonunchilik shakllanishi, 15-martni «Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni» sifatida e’tirof etilishi tarixi, mamlakatimiz Konstitusiyasi va qonunlarida tegishli normalarni aks etishi, alohida qonun qabul qilinishi, iste’molchi huquqi himoyasining davlat tomonidan kafoaltlanishi, iste’molchilik ijtimoiy harakatining shakllanishi, bugungi kunda sohaga daxldor idoralarga iste’mol sohasiga oid kelib tushayotgan murojaatlar, ularni o‘rganib chiqilshi natijalari bo‘yicha atroflicha tushuntirish va ma’lumotlarni berib o‘tdilar.
Tadbir doirasida ishtirokchilarning sohaga oid fikr-mulohaza hamda takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi. Tadbir yakunlariga ko‘ra, ta’lim maskani jamoasi hamda tegishli idoralar o‘rtasida iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish ishida o‘zaro hamkorlik qilish, shuningdek yuqorida nomi zikr etilgan xalqaro sanani keng nishonlash ishiga texnikumning har bir talabasi o‘z hissasini qo‘shishiga kelishib olindi.
Post Comment