Ta’lim muassasalarida «Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni»ga bag‘ishlab targ‘ibot tadbirlari tashkillandi
Uchko‘prik tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan «15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni»ga bag‘ishlab tuman 1 va 2-politexnikumlarining turli guruhlaridagi talablari ishtirokida «Iste’molchi huquqlari qonun himoyasida” mavzusida davra suhbatlari tashkillandi.
Tadbirlarda «iste’molchi» tushunchasining, mazkur yo‘nalishda faoliyat olib borgan ijtimoiy harakatlarning vujudga, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan e’tirof etilishi va keyinchalik unga a’zo davlatlar tomonidan bu boradagi qonunchilikni shakllanishi, O‘zbekiston Respublikasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik bazasining yaratilishi, bugungi holati, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbir doirasida yoshlarni yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatida faol ishtirok etishga chaqiirilib, talabalarning iste’mol sohasiga oid savollariga javoblar qaytarildi.
Sardorbek Mirzajonov,
tuman jamiyati raisi.
Post Comment