Iste’molchilik ijtimoiy harakatini keng quloch yoyishidan barchamiz manfaatdormiz
Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarni himoya qilish jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 martdagi PQ-5012-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi 414-sonli qarori asosida aholi (iste’molchilar) murojaatlari bilan ishlash, aholining muammolarini tizimli o‘rganish va aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazorati o‘rnatilishini ta’minlash maqsadida ijtimoiy sheriklik asosida Federatsiyaning tayanch guruhlarini tashkil etish yuzasidan tuman hududidagi korxona va tashkilotlar ishchi-xodimlari o‘rtasida turli mavxulardagi ma’naviy ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazib borilayotganligi xususida avval ham xabarlar berib borgandik.
Tuman jamiyati mas’ullari ana shu tadbirlarni tizimli asosda davom ettirib, tumandagi 54 va 34-maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida”, 65-maktabgacha ta’lim tashkilotida esa «Biz barchamiz iste’molchimiz» mavzularida o‘quv seminarlari va davra suhbatlari o‘tkazdilar.
Tadbirlar doirasida “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va qonunosti me’yoriy hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Tadbirlar davomida tashkilotchilar va tadbir ishtirokchilari tomonidan yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy haarkatini har tomonlama keng quloch yoyishini ta’minlash, aholining huquqiy bilimini va iste’mol madaniyatini oshirishda davlat va nodavlat tashkilotlarining yaqindan hamkorligi zarurligi ta’kidlandi.
Baxtiyor Jo‘raev
Beshariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий