Farg‘onadagi «Nodavlat notijorat tashkilotlari uyi»da ayollar sog‘lig‘ini saqlash masalalarida jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi
O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi (O‘zNNTMA) Farg‘ona viloyat hududiy bo‘linmasi tashabbusi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan jamoatchilik eshituvida viloyat hokimligi, viloyat hokimligi xuzuridagi jamoatchilik Kengashi a’zolari, Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha Jamoat komissiyasi a’zolari, viloyat Kengashi deputatlari, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar viloyat boshqarmasi, maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vosita vakillari ishtirok etishdi. Jamoatchilik eshituvini O‘zNNTMA Farg‘ona viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari D.Fozilov olib bordi.
Dastlab Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Durdona Ustamadalieva tomonidan viloyatda reproduktiv salomatlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilib berildi.
Shundan so‘ng viloyat Reproduktiv salomatlik markazi bo‘limi boshlig‘i Gulnoza Abdurazzaqovaning “Ayollar reproduktiv salomatligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusidagi hisoboti eshitildi.
Hisobotda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Reproduktiv salomatlik sohasida ishlarni yanada takomillashtirishni talab qiladigan yo‘nalishlar:
— profilaktik ko‘riklarga qamrovni oshirish;
— xavf guruhidagi ayollarni to‘liq nazoratga olish;
— individual kuzatuv rejalarini takomillashtirish;
— ayollarning tibbiy savodxonligini oshirish;
— erta tashxislash imkoniyatlarini kengaytirish;
— birlamchi va ixtisoslashtirilgan xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish.
Muammo va takliflar:
— viloyatda reproduktiv yoshdagi ayollarga oila rejalashtirish xizmatlarini ko‘rsatishda kontraseptiv vositalar bilan ta’minlash masalasida yetishmovchilik mavjud.
— ayrim hududlarda zamonaviy kontrasepsiya vositalarining yetarli miqdorda mavjud emasligi aholiga reproduktiv salomatlik xizmatlarini to‘liq ko‘rsatish imkoniyatini cheklamoqda.
— viloyatni zamonaviy kontraseptiv vositalari bilan yetarli miqdorda ta’minlash masalasini ko‘rib chiqish va zarur kontraseptivlarni markazlashgan tarzda ajratishni yo‘lga qo‘yish so‘raladi.
— targ‘ibot materiallari — buklet, plakat, banner va tarqatma materiallar tayyorlash va chop etish;
— poliklinika, shifoxona, mahalla va jamoat joylarida axborot stendlari tashkil etish;
— televidenie, radio va internet tarmoqlarida ijtimoiy roliklar va ko‘rsatuvlar tashkil etish;
— mahallalarda ayollar uchun ochiq muloqot va seminarlar o‘tkazish;
— ginekolog va boshqa mutaxassislar ishtirokida “Ayollar salomatligi kunlari” ni tashkil etish;
— reproduktiv yoshdagi ayollar uchun kontrasepsiya va oila rejalashtirish bo‘yicha maslahat kunlari o‘tkazish;
— tibbiyot xodimlari uchun tayyor targ‘ibot-tashviqot materiallari va metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash;
— ijtimoiy tarmoqlarda muntazam axborot berish uchun media-kontent tayyorlash;
— mahalla faollari, xotin-qizlar faollari va tibbiyot xodimlarini hamkorlikda targ‘ibot ishlariga jalb qilish.
Onkonazorat yo‘nalishida:
— ayollar maslahatxonalarida onkologik kasalliklarni erta aniqlash va xavf guruhidagi ayollarni nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida:
— onkologik xavf guruhidagi ayollarni elektron ro‘yxatga olish;
— tekshiruv va qayta ko‘rik muddatlarini nazorat qilish;
— skrining natijalarini tizimli tahlil qilish;
— shubhali holatlarni o‘z vaqtida ixtisoslashtirilgan muassasaga yo‘llash;
— bajarilgan ishlar bo‘yicha elektron monitoring olib borish imkoniyatlarini yaratish maqsadga muvofiq.
Viloyatdagi ayollar maslahatxonalarini zamonaviy komp’yuter texnikasi va orgtexnika bilan ta’minlash.
— zamonaviy kompyuter yoki noutbuklar;
— rangli printerlar;
— skaner va nusxa ko‘chirish qurilmalari;
— zarur hollarda internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati;
— onkologik hushyorlik va reproduktiv salomatlik bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini yuritish imkoniyati.



Отправить комментарий