Hududiy birlashma mas’ul xodimlari Buvaydada sayyor qabul o‘tkazdilar

Hududiy birlashma mas’ul xodimlari Buvaydada sayyor qabul o‘tkazdilar

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Buvayda tumanining Jiydali mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 840 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda 945 ta oila yashaydi. Jami aholi soni 4550 kishi.

Sayyor qabulda hududiy birlashma raisi o‘rinbosari Dilshodjon Fozilov mahalla faollari va tashrif buyurgan fuqarolarga iste’molchilik ijtimoiy harakatining jamiyat hayotida tutgan o‘rni va roli to‘g‘risida, shuningdek Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlari tomonidan joylarda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida ham axborotlar berib o‘tdi.

Sayyor qabul doirasida fuqarolarning hududga suyultirilgan uglevodorod gazi va toza ichimlik suvi bilan yetkazib berish, kommunal to‘lovlar, uy-joylar bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash masalalaridagi murojaatlari tinglandi. Joyida tushuntirish berish talab qilinadigan savollarga tushuntirishlar berish barobarida, qo‘shimcha o‘rganib chiqishni talab etadigan murojaatlar tegishli ravishda qayd qilinib, ijroga qaratildi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий