Tizim xodimlari uchun o‘quv seminari tashkillandi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tashabbusi bilan tizim tashkilotlarida mehnat faoliyati olib borayotgan rahbar va mas’ul xodimlar ishtirokida «Jamoatchilik monitoringi tarzidagi monitoringlarni o‘tkazish tartib-qoidalari» mavzusi o‘quv seminari tashkillandi.
Farg‘ona viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi majlislar zalida o‘tkazilgan mazkur o‘quv seminari doirasida ishtirokchilarning O‘zbekiston Republikasining «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi qonuni asosida o‘tkaziladigan monitoring (kuzatuv-o‘rganish)lar, bunday tadbirlarni rejalashtirish, tashkillash va o‘tkazish tartiblari, o‘rganish natijalarini jamlash, umumlashtirish, uning asosida tegishli takliflar ishlab chiqish va tegishli idoralarga kiritish kabi masalalardagi huquqiy bilimlari oshirildi.
Tadbir davomida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlanishi ustidan olib boriladigan jamoatchilik nazorati tadbirlarini tashkillash va o‘tkazish yuzasidan ishtirokchilarning fikr-mulohaza va takliflari tinglandi hamda ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий