Iste’molchi zimmasiga yuklatilgan asossiz qarzdorlik bartaraf qilinadigan bo‘ldi
Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning Charxiy ko‘chasida yashovchi S.S.ning xonadoni asoslanmagan qarzdorlik sabab tabiiy gaz tarmog‘idan uzilib qolganligi va ushbu holatga oydinlik kiritilib, amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Murojaat asosida olib borilgan o‘rganishda fuqaroning xonadoniga zamonaviy rusumdagi smart gaz hisoblagich uskunasi o‘rnatilganligi va ushbu hisoblagich bazada yuzaga kelgan 2 175 000 so‘m miqdoridagi asoslanmagan qarzdorlik ortidan blok holatiga tushib, xonadonni gaz tarmog‘idan uzib qo‘yganligi ma’lum bo‘ldi. O‘rganish ishlari doirasida asoslanmagan qarzdorlikni iste’molchining to‘lov majburiyatidan chiqarish chora-tadbirlarini ko‘rish uchun tegishli hujjatlar to‘planib O‘ztransgaz KAT bo‘limiga kiritilganligi haqida «Hududgaz Farg‘ona» gaz ta’minoti filiali Qo‘qon shahar bo‘limidan javob xati ham olindi. Murojaatini o‘rganish natijalari iste’molchiga rasmiy ravishda ma’lum qilindi.
Muhammadjon O‘lmasov,
shahar jamiyati bosh mutaxassisi.
Отправить комментарий