Tibbiyot xodimlarining iste’molchilik sohasiga oid qonunchilik bo‘yicha huquqiy bilimlarini oshirish yo‘lida

Tibbiyot xodimlarining iste’molchilik sohasiga oid qonunchilik bo‘yicha huquqiy bilimlarini oshirish yo‘lida

Federatsiyaning Farg‘ona viloyatidagi tizim tashkilotlari tomonidan hududlaridagi davlat tibbiyot muassasalarida turli shakllarda o‘tkazib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish bo‘yicha tasdiqlangan reja asosida o‘tkazib borilmoqda. Viloyatning Qo‘shtepa va Beshariq tumanlarida o‘tkazilgan tadbirlar shu kabi tadbirlarga misol bo‘la oladi.

Qo‘shtepa tumani

Tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan «Fayz» oilaviy shifokorlik punkti tibbiyot xodimlari ishtirokida tashkillangan muloqot «Biz istemolchilar o‘z huquqlarimizni bilishimiz muhim va bizning murojaatlarimiz hamisha e’tiborda» shiori ostida bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik mazmun-mohiyati, sohaga oid yangiliklar, qonun ijrosini ta’minlashda jamoatchilik nazoratining tutgan o‘rni va ahamiyati kabi masalalarda fikr-mulohazalar almashildi.

Beshariq tumani

Tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan «Andarxon» oilaviy shifokorlik punktida tashkillangan tadbir «Iste’molchi huquqlari qonun himoyasida» deb nomlanib, uning davomida poliklinika xodimlariga iste’molchilarga tibbiyot xizmatlarini ko‘rsatuvchi bo‘lish bilan bir qatorda, kundalik turmush jarayonida, o‘zlari ham iste’molchi ekanliklari, shu nuqtai nazardan bu boradagi qonunchilikka hurmat bilan yondoshish, o‘z huquqlarini bilish qatorida majburiyatlarini ham unutmaslik kabi masalalarda fikrlar bildirib o‘tilib, ularning sohaga oid takliflari tinglandi hamda savollariga javoblar qaytarildi.

Post Comment