Beshariqda targ‘ibot tadbirlari belgilangan reja asosida o‘tkazib borilmoqda
Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumandagi «Telov» oilaviy shifokorlik punktida Federatsiya topshirig‘i asosida jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan tibbiyot muassasalarida iste’molchilar huquqlarini himoya kilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish masalalarida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasiga muvofiq «Iste’molchi huquqlari qonun himoyasida» mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Unda mamlakatimizda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlashda va mazkur sohaga oid qonunchilik ijrosi ustidan samarali jamoatchilik nazorati olib borilishida va aholining huquqiy bilimi hamda iste’mol madaniyatini oshirishda davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik va hamkorlikning ahamiyati, iste’molchilik ijtimoiy harakatining o‘rni va roliga alohida urg‘u berib o‘tilib, tibbiyot xodimlarini iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatida faol ishtirok etishga chaqirildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning savollariga javoblar qaytarilib, ularning sohani yanada rivojlantirish borasidagi qo‘shimcha taklif va mulohazalari ham tinglandi.
Hamidjon Axmedov,
tuman jamiyati raisi.
Post Comment