Texnik jihatdan murakkab maishiy tovarlarni sotib olishda nimalarga e’tibor qaratish muhim?

Texnik jihatdan murakkab maishiy tovarlarni sotib olishda nimalarga e’tibor qaratish muhim?

Texnik jihatdan murakkab tovarlar — bu elektr jihozlari, radioelektron apparatlar, hisoblash texnikasi, foto-video vositalar, telefonlar va shunga o‘xshash murakkab konstruksiyaga ega mahsulotlardir.

Sotuv jarayonida bunday tovarlar savdooldi tayyorgarlikdan o‘tishi lozim: tovarni transportirovka qutisi ochilishi, changlardan tozalash, tovarning ishlashi va butligi sinab ko‘rilishi kerak.

Xaridor talabi bilan sotuvchi tovarning ichki tuzilishi, ishlash prinsipi va hujjatlari (yo‘riqnoma, texnik pasport va hk.) bilan tanishtirishi shart.

Agar mahsulot nuqsonli bo‘lib chiqqan bo‘lsa, xaridor kafolat doirasida tovarni bepul ta’mirlashni, almashtirishni yoki pulini qaytarishni talab qilishi mumkin.

Lekin, muhim jihat: «O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari»ning 1-ilovasiga muvofiq, zarur sifatdagi, kafolat muddati belgilanadigan texnik jihatdan murakkab tovarlar “qaytarib olinmaydigan yoki shunga o‘xshash tovarga almashtirilmaydigan” tovarlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Shunday ekan, bunday tovarni sotib olayotganingizda, u zarur sifatda bo‘lsa, boshqa ayrim nooziq-ovqat tovarlariga nisbatan qo‘llashingiz mumkin bo‘lgan huquqingiz – uning qandaydir iste’mol xususiyati (rangi, o‘lchami, fasoni va b.) yoqmaganligi yoki mos kelmaganligi nuqtai nazaridan almashtirib olish imkoniyatiga ega bo‘lmasligingizni ham unutmasligingizni eslatib o‘tamiz.

Husniddin Mo‘ydinov,
Furqat tuman jamiyati raisi v.b.

Post Comment