NNTlar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi

NNTlar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan nodavlat notijorat tashkilotlari jamoalari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Farg‘ona shahridagi Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tgan mazkur intellektual o‘yinda viloyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan tashkil topgan 6 ta jamoalar ishtirok etdi.

Hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlarida mehnat faoliyati olib borayotgan, asosan yoshlardan iborat tarkibdagi, «Himoyachi» jamoamiz mazkur bellashuvda faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Fursatdan foydalanib, hududiy birlashma jamoasining muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlagan jamoa a’zolari: Shahlo Kasimova (hududiy birlashma), Dilnoza Abduraxmonova (Toshloq t.), Saidxon Xapizov (Marg‘ilon sh.), Sardor Mirzajonov (Uchko‘prik t.) va Husniddin Mo‘ydinovlarga (Furqat t.) hududiy birlashma ma’muriyati nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

Post Comment