Texnika universiteti talabalari bilan qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish masalalarida seminar o‘tkazildi
Farg‘ona davlat texnika universitetining majlislar zalida “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida “Toza shahar” nomli o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zNNTMA viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari D.Fozilov, viloyat chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi o‘rinbosari X.Inomov, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari viloyat hududiy birlashmasi rais o‘rinbosari G‘.Mamatqulovlar tomonidan maruza qilindi.
Tadbirda jami 87 nafar (shundan 47 nafar ayollar, 40 nafar erkaklar) ishtirok etdi. Tadbirda mahalla yoshlar yetakchilari, NNTlar, Eko volotyorlar, talaba yoshlarga «Toza shahar» loyihasi doirasida belgilangan slaydlar asosida ma’lumotlar berildi, maxsus qo‘llanmalar tarqatildi.
Tadbir so‘ngida rolik namoyish etilib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.



Post Comment