Iste`molchi huquqlari qonun himoyasida (videomaterial)
Hurmatli isteʼmolchilar unutmang!
O`zbekiston Respublikasining «Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida»gi qonuni (221-I-son, 26.04.1996 yil) 4-moddasiga ko`ra, isteʼmolchilar:
– tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to`g`ri va to`liq maʼlumot olish;
– tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo`lishi;
– tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo`lishi;
– hayoti, sog`lig`i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo`lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijro6chi, sotuvchi)ning g`ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, maʼnaviy zararning to`liq hajmda qoplanishi;
– buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini so`rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish;
– isteʼmolchilarning jamoat birlashmalarini tuzish kabi asosiy huquqlarga ega.
Qonunning 5-moddasiga ko`ra, sotuvchi (ijrochi) o`z tashkilotining firma nomi, uning joylashgan (yuridik) manzili va ish tartibini isteʼmolchilarga maʼlum qilishi shart. Bunday maʼlumot lavhada aks ettirilishi lozim. Sotuvchi (ijrochi) isteʼmolchiga tovarlar savdosi, maishiy va boshqa turdagi xizmat ko`rsatishning qoidalari to`g`risida to`liq maʼlumot berishi shart.
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) isteʼmolchiga o`zi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida o`z vaqtida zarur, to`g`ri va tushunarli maʼlumot berishi shart (qonunning 6-moddasidan).
Isteʼmolchi sotib olingan tovar (ish, xizmat) sifatini, butligini, vazni va narxini tekshirish huquqiga ega, sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) esa, nazorat-o`lchov asboblarini, narxga doir hujjatlarni taqdim etishi, tovarni ishlatib ko`rsatishi, undan xavfsiz va to`g`ri foydalanishni o`rgatishi, zarurat bo`lsa, tovarni ekspertizaga yuborishi shart (qonunning 8-moddasidan).
Dori vositalari va tibbiy buyumlarda, oziq-ovqat va maishiy kimyo tovarlarida ularning ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati hamda ularni saqlash shartlari ko`rsatilgan bo`lishi lozim. Sotuvchilarga ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko`rsatilmagan yoki yaroqlilik muddati o`tgan tovarlarni qabul qilish hamda realizatsiya qilish man etiladi (qonunning 11-moddasidan).
Farg`ona teleradiokompaniyasining «Dolzarb mavzu» ko`rsatuvida yuqoridagi holatlar yuzasidan atroflicha fikrlar yuritiladi. To`lig`icha Youtube dagi «истеъмолчи-потребитель» kanalimizda tomosha qiling:
Post Comment