Beshariqda isteʼmol xavfsizligi masalalarida o`rganish ishlari o`tkazilmoqda
O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg`ona viloyati hududiy birlashmasining alohida buyrug`i asosida Beshariq tumanida aholining isteʼmol xavfsizligini taʼminlanishi, koronavirus kasalligini (COVID-19 infektsiyasi) tarqalishini oldini olish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar jamoatchilik nazorati tartibida o`rganishdan o`tkazilmoqda. Unga ko`ra, joriy yilning 25 iyun kuni tuman markaziy dehqon bozori, savdo va xizmat ko`rsatish, umumiy ovqatlanish obʼektlarida va jamoat transportlarida karantin qoidalariga amal qilinishi, aholi tomonidan ijtimoiy masofaga rioya etilishi, isteʼmol xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlar bilan tanishildi. O`z o`rnida, o`rganish ishlari bilan qamrab olingan tashkilotlarda aholi o`rtasida, intervyu shaklida jamoatchilik fikrini o`rganish bo`yicha ijtimoiy so`rovnoma ham o`tkazib borilmoqda.
O`rganish ishlari tizimli asosda davom ettirilmoqda.
Xamidjon Аxmedov
Beshariq tuman IHHQ jamiyati raisi
Post Comment