Murojaatlar qanoatlantirildi

Murojaatlar qanoatlantirildi

 

 

Samandarak mahalla fuqarolar yig`ini hududida yashovchi T.Salamatov tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, xonadoniga ichimlik suvi taʼminoti bo`yicha 611000 (olti yuz o`n bir ming) so`m qarzdorlik asossiz hisoblanganligi holatini bildirib, masalani qonuniy yechim topishida amaliy yordam ko`rsatilishini so`ragandi.

Masala tuman ichimlik suvi taʼminoti korxonasi masʼul xodimlari bilan birgalikda o`rganib chiqilganda, isteʼmolchining xonadoniga ichimlik suvi tarmog`i tortilmaganligi, isteʼmolchi va ichimlik suvi yetkazib beruvchi korxona o`rtasida shartnoma ham mavjud emasligi maʼlum bo`ldi. Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaroga javob xati orqali maʼlum qilindi. T.Salamatov qilgan murojaatini o`rganish natijalaridan qoniqish hosil qilganligini tuman jamiyatiga yozgan minnatdorchilik xati orqali maʼlum qildi.

Bag`dod shaharchasida yashovchi fuqaro O.Qirg`izboeva tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya jamiyatiga qo`shnisi B.K. uy sharoitida parranda boqishi, parrandalardan taraladigan o`ziga xos spetsifik hid, changdan qo`shnilar biroz ozor chekayotganliklari, bu holat qo`shnilarda norozilik keltirib chiqarayotganligi masalasida murojaat qilgandi.

Murojaat belgilangan tartibda, tuman Tabiatni muhofaza qilish bo`limi hamda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazi xodimlari bilan hamkorlikda o`rganib chiqilishi jarayonida, tomonlarga fuqarolik va isteʼmolchilik huquq va burchlari, bu boradagi amaldagi qonunchilik normalari tushuntirildi. Natijada parrandaxona aholi yashash hududidan olinib, tegishli tartibda tozalanib, dizenfektsiya ishlari o`tkazildi. Murojaatlari tinch yo`l bilan, ijobiy hal etilganligidan mamnun bo`lgan fuqarolar o`rganish ishlarini o`tkazgan xodimlarga o`z minnatdorchiliklarini izxor qildilar.

 

Dilorom Mirzaeva

Bag`dod tuman IHHQ jamiyati mutaxassi

Post Comment