Аsossiz hisoblangan qarzdorlik bartaraf etildi
Uchko`prik tumani Yoyilma qishlog`ida yashovchi Sh. G`ofurovning ichimlik suvidan noreal hisoblangan 227 065 so`m qarzdorlik yuzasidan Xalq qabulxonasiga qilgan murojaati Uchko`prik tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o`rganildi.
O`rganish davomida “Farg`ona suv taʼminoti” MChJ Uchko`prik tuman bo`limining mijozlar bilan ishlash bazasidan olingan maʼlumotlarga asosan isteʼmolchi Sh. G`ofurov 2018 yil may oyida isteʼmol qilayotgan ichimlik suvi uchun suv hisoblagich o`rnatganligi, 2018 yil aprel oyida 137 000 so`m, 2019 yil iyul oyida 100 000 so`m, 2020 yil iyul oyida 67 000 so`m to`lovlarni amalga oshirganligi aniqlandi.
Murojaatga yechim topish, qarzdorlik asosli yoki assosiz ekanligini aniqlash maqsadida yana bir bor “Farg`ona suv taʼminoti” MChJ Uchko`prik tuman bo`limining mijozlar bilan ishlash bazasidagi maʼlumotlar tuman jamiyati va soha mutaxassislari ishtirokida o`rganib chiqildi.
O`rganuvlardan aniqlanishicha, 2019 yil avgust oyida Majburiy ijro byurosi tuman bo`limi hamda “Farg`ona suv taʼminoti” MChJ tuman bo`limining aholi nazoratchilari bilan o`tkazilgan xatlov vaqtida noto`g`ri xatlov bo`lgan, yaʼni Sh. G`ofurov abonent raqamiga 227 065 so`m qarzdorlik hisoblangan ekan.
Tuman jamiyati aralashuvi bilan ushbu noaniqlikni bartaraf etish uchun ikki tomonlama o`rganish dalolatnomasi tuzilib, qarzdorlik bartaraf etildi.
Аgar isteʼmolchi o`z huquq va majburiyatlarini to`liq anglab yetgan holda, vaqti-vaqti bilan isteʼmol qilingan suv uchun hisoblagichdagi ko`rsatgich bo`yicha korxona bilan solishtirib, aniqlik kiritib turganida, bunday tushunmovchiliklar kelib chiqmagan ham bo`lishi mumkin edi.
Nargizaxon ShERАLIEVА
Uchko`prik tumani IHHQJ mutaxassisi
Post Comment