Fuqaroga bog`liq bo`lmagan sabablar bilan qoldirilgan aviareys chiptasi puli qaytarildi

Fuqaroga bog`liq bo`lmagan sabablar bilan qoldirilgan aviareys chiptasi puli qaytarildi

Oltiariq tumani Fayziobod qishlog`ida yashovchi O.Sheraliev joriy yilning iyul oyida Farg`ona shahri Markaziy dehqon bozori hududida joylashgan aviachiptalar sotish shohobchasidan 1600000 (bir million olti yuz ming) so`mga Rossiyaning Qozon shahriga uchib ketish uchun samolyot chiptasini sotib olgan. Chipta bo`yicha samolyot 18 avgust kuni uchishi lozim bo`lgan. Lekin belgilangan kun kelganda mazkur reysning uzrli sabablar bilan qoldirilganligi maʼlum bo`ladi. Hali aviachipta sotish shohobchasidan mablag`ini qaytarib ololmagan bo`lsada, rejalashtirgan ishlari safarni qoldira olmaslikni taqozo etganligi sababli, fuqaro boshqa transport vositalari orqali belgilangan manzilga yo`lga chiqib ketgan. Shundan so`ng uning akasi Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli yagona ishonch telefoniga murojaat qilib, aviachipta sotish shohobchasidan fuqaroga bog`liq bo`lmagan holatlar sababli qoldirilgan reysning chiptasini pulini qaytarib ololmayotganliklari xususida murojaat qilgan.
Murojaat tegishli ravishda Federatsiyaning Farg`ona shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o`rganilishi jarayonida shohobcha sotuvchisi I.Darveshovga “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonun bo`yicha isteʼmolchining huquqlari va sotuvchining majburiyatlari yuzasidan tushuntirishlar berilgach, u qoldirilgan reys chiptasining to`liq qiymatini isteʼmolchiga qaytardi.

Rustamjon Maradjapov
Farg`ona shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment