Iste’molchilik ijtimoiy harakatida yanada faol ishtirok etishga chaqirildi
Quvasoy shahar kasb-hunar maktabi jamoasi bilan o`tkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir «Yuksak isteʼmol madaniyati sari», deb nomlanib, tadbirda uning ishtirokchilariga Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan yurtimiz isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va isteʼmol madaniyatini oshirish borasidagi ishlar, shuningdek Federatsiyaning xalqaro maydondagi olib borayotgan faoliyati yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berib o`tildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, jamoani isteʼmolchilik ijtimoiy harakatida yanada faol ishtirok etishga chaqirildi.
Tadbir toʼgʼrisida Farg`ona viloyat teleradiokompaniyasida berilgan axborot materiali
Hududiy birlashma Аxborot xizmati
Post Comment