Mahallalar faollari ishtirokidagi tadbirlar

Mahallalar faollari ishtirokidagi tadbirlar

Bugun Uchko‘prik tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Beshkapa va Istiqbol mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari ishtirokida tadbirlar tashkillandi.

Tadbirlarda fuqarolik jamiyatini barpo etishda jamoatchilik nazoratining o‘rni va ahamiyati, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida olib borilayotgan islohotlarda fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash, ushbu jarayonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tutgan o‘rni va roli kabi masalalarda fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbirlar tumandagi boshqa korxona, tashkilot va idoralarda davom ettirilmoqda.

Nargizaxon Sheralieva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment