Iste’molchi tuman jamiyatiga minnatdorchilik xati yozdi
Bag‘dod tuman jamiyati mutaxassislarining Samandarak qishlog‘ida yashovchi Tursunali Ziyatovning murojaati asosida o‘tkazgan o‘rganishlar jarayonida “Dasht issiqxonalari” ishlab chiqarish kooperativ firmasi tomonidan murojaatda keltirilgan muammolar bartaraf etilishiga erishildi. O‘rganish natijalaridan qoniqish hosil qilgan fuqaro tuman jamiyatiga minnatdorchilik xati yozib berdi.
– Bag‘dod tuman Bandlikka ko‘maklashish tashkiloti tomonidan menga amaliy yordam ko‘rsatilib, 3700000( uch million yetti yuz ming) so‘mga, kredit asosida “Dasht issiqxonalari” ishlab chiqarish kooperativ firmasi xonadonimga 2020 yilning avgust oyida issiqxona qurib bitkazdirib berilgandi. Ko‘p o‘tmasdan birin-ketin issiqxonaning ayrim payvandlangan qismlari bo‘shab, tom qismi batamom uzilib ketdi. Issiqxona ichidagi ekinlar sovuqda qolib ketmasligi uchun issiqxonani tiklatish maqsadida ko‘p idora va tashkilotlariga bordim, biroq kutilgan natijaga erisha olmadim. So‘ngra ushbu masaladagi muammolarimni bayon qilib, tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ravishda murojaat qildim. Muammo hal bo‘lganligi uchun tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ushbu jamoaga kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilayman, – deydi iste’molchi T. Ziyatov o‘z minnatdorchilik xatida.
Dilorom Mirzaeva
Bag‘dod tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment