Tibbiyot muassasasida targ`ibot tadbiri o`tkazildi
Bugun Federatsiyaning Farg‘ona tuman jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish, jamiyatda jamoatchilik nazoratini yanada rivojlantirish va unda fuqarolarning keng ishtirokini ta’minlash, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida o‘tkazilayotgan tadbirlar tuman Markaziy poliklinikasida davom ettirildi.
Tadbirda Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi bilan belgilab berilgan vazifalar, jumladan qabul qilingan hujjatlar ijrosini tashkil etishda jamoatchilik ishtiroki va nazoratini keng yo‘lga qo‘yish, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishda nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi vazifalar, shuningdek “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Rasmda targ‘ibot tadbiridan lavha.
Odiljon Junaydullaev
Farg‘ona tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment