Hayotbaxsh dastur targ‘iboti

Hayotbaxsh dastur targ‘iboti

Tizimda e’lon qilingan targ‘ibot oyligi doirasida Toshloq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparati xodimlari tumandagi Axshakguzar mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla ahli ishtirokida tadbir o‘tkazdilar.

Unda mahalla faollariga Yurtboshimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar, oldinda turgan rejalar va kutilayotgan natijalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari mazmun-mohiyati mahalla ahliga tushintirildi.

Shuning bilan birgalikda, tuman jamiyatimizga kelib tushayotgan ariza va murojaatlardan kelib chiqqan holda iste’molchilik sohasidagi muammolarni bartaraf etish yo‘l-yo‘riqlari bo‘yicha ham fuqarolarga batafsil tushintirishlar berib o‘tildi. Fuqarolar tomonidan berilgan savollarga o‘z o‘rnida javoblar qaytarildi.

Xusnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment