Kasb-hunar maktabi jamoasi bilan iste’molchilik sohasiga oid masalalar muhokama qilindi
Hududiy birlashma asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshloq tumani 1-kasb-hunar maktabi jamoasi ishtirokida «Yuksak iste’mol madaniyati sari» mavzusida o‘quv seminari tashkillandi.
O‘quv seminari kun tartibidagi masalalar yuzasidan hududiy birlashma Axborot xizmati rahbari G‘.Mamatqulov, Toshloq tuman jamiyati raisi E.Mirzaumarovlar so‘z olib, mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatining vujudga kelishi, bugungi holati va ertangi kuni, Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan aholini mazkur ijtimoiy harakatga keng jalb qilish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Tadbirda so‘z olgan maktab direktori X.Turdaliev va boshqa o‘qituvchi ustozlar tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tilishi barobarida, maktab jamoasi a’zolarini kundalik turmush va ish faoliyatlari davomida iste’molchi sifatida qiynab turgan muammoli vaziyatlar yuzasidan savollari bilan murojaat qildilar.
Tadbir nihoyasida maktab jamoasining Federatsiya bilan ijtimoiy sheriklik borasidagi hamkorlik aloqalarini davom ettirishga kelishib olindi.
Xusnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment