Aholiga sifatli yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida

Aholiga sifatli yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida

O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida aholiga yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi «Avtohamkor Yaypan» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbar va ishchi xodimlari bilan uchrashdilar.

Uchrashuv doirasida aholi (iste’molchilar)dan Federatsiya va uning hududiy organlariga transport, yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatish borasida kelib tushayotgan shikoyatlar, ularda ko‘tarilayotgan dolzarb muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan ham axborotlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarining bu boradagi fikr va mulohazalari tinglandi.

Shuning bilan birgalikda, barchaning iste’molchi hisoblanishidan kelib chiqib, tadbir ishtirokchilarining ham iste’molchi sifatida qiziqtirgan savollariga javoblar qaytarildi.

Isomiddin Abbosov
O‘zbekiston tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment