Ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan targ‘ibot oyligi doirasidagi tadbirlar tizimli asosda o‘tkazib borilmoqda.

Jumladan tumandagi 33 va 39-maktablar hamda 3-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi ishchi xodimlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.

Shuningdek, Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan aholining iste’molchilik huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlari va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning zarur sifati va xavfsizligini, hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini ta’minlash yuzasidan jamoatchilik nazorati tartibida o‘tkazilayotgan o‘rganishlar yuzasidan axborotlar berib o‘tildi.

Rasmda 3-IDUM da o‘tkazilgan tadbirdan lavha.

Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment