Tibbiyot muassasalari xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazilmoqda
Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi tizimidagi muassasalarda shifokorlar va soha ishchi xizmatchilari bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazilmoqda.
Muloqotlar doirasida tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni va sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berilmoqda.
Shuning bilan birgalikda, iste’molchilik ijtimoiy harakatining yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi tutgan o‘rni va ahamiyati, Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan ijtimoiy harakatni keng quloch yoyishi yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlar to‘g‘risida ham axborotlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilmoqda.
Rasmda o‘tkazilayotgan tadbirlardan lavha
Ulug‘bek Juraev
Beshariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment