Jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishlar o‘tkazilmoqda
Uchko‘prik tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan aholiga suyultirilgan uglevodorod gazni yetkazib berishda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish bo‘yicha jamoatchilik nazorati tartibida kuzatuv-o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda.
O‘rganish ishlarini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholiga maishiy iste’mol uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.08.2018 yildagi «Aholi va ijtimoiy soha ob’ektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevorod gazini yetkazib berish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 646-sonli qarori talablari asosida tashkil qilinayotganligini o‘rganish, sohada yuzaga kelayotgan muammolarni tahlil qilish va ularing yechimlari yuzasidan tegishli idoralarga takliflar kiritishdan iboratdir.
Nargizaxon Sheraliyeva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment