Tayanch guruhi faollari bilan fikrlar almashildi
Uchko‘prik iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tumandagi 32-umumta’lim maktabida “Yuksak iste’mol madaniyati sari» mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.
Tadbirda barchaning iste’molchi ekanligi, iste’molchilik iste’molchilik harakatining jamiyat ijtimoiy hayotida tutgan o‘rni va roli, amaldagi qonunchilikning mazmun-mohiyati, sohaga oid qonun va qarorlar ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish, ushbu jarayonda Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlari hamda boshlang‘ich tashkilotlarining vazifalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilari qiziqtirgan savollarga tuman jamiyati raisi L. Shodmonov va jamiyat mutaxassisi N. Sheralievalar tomonidan javoblar qaytarildi.
Nargizaxon Sheralieva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment