Kitob insonda o‘ziga xos dunyoqarash va immunitetni shakllantiradi

Kitob insonda o‘ziga xos dunyoqarash va immunitetni shakllantiradi

Federatsiya xodimlari «Kitobxonlik haftaligi» va uning doirasidagi o‘zi tahsil olgan ta’lim maskaniga kitoblar hadya qilish aksiyasida Rishton tumanidan ham faol qatnashdilar.

Rishton tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi, tuman Kengashi deputati Abrorjon Sobirov bugun o‘zi tahsil olgan Zodiyon mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 34-umumta’lim maktabiga kelib, o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi va ularga kitoblar jamlamasi hadya qildi.

U uchrashuv davomida kitob va uning inson kamolotidagi o‘rni xususida to‘xtalar ekan, kitobni insonning huquqiy bilimini oshirishdagi o‘rniga ham alohida urg‘u berib o‘tdi.

– Huquqiy bilimli inson hayotning o‘nqir-cho‘nqir so‘qmoqlarida qoqilmasdan odimlaydi. Unda o‘ziga xos dunyoqarash va immunitet shakllanadi. Bunday inson esa har xil g‘arazli maqsadlardagi shaxslar qo‘liga ham tushib qolib, jabr chekmaydi, – dedi tuman jamiyati raisi o‘quvchi yoshlarga murojaat qilib.

Xusniddin Latipov
Rishton tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment