«Iste’molchi kutubxonasi»ga tashrif
Farg‘ona tumanidagi ta’lim muassasalari tomonidan hududdagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati qoshida tashkil etilgan «Iste’molchilar kutubxonasi»ga tashrif uyushtirish an’ana tusiga kirib bormoqda.
Bugun kutubxonaga tumandagi 2-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari tashrif buyurdilar. Tuman jamiyati raisi Shukurali Ibragimov muassasa tarbiyachi va tarbiyalanuvchilariga kitob va uning inson kamolotidagi tutgan o‘rni va ahamiyati, Hukumatimiz tomonidan yoshlarni kitob o‘qishga qiziqtirish borasida olib borilayotgan ishlar, «Iste’molchilar uyi» qoshidagi mazkur kutubxonani qurib ishga tushirilishidan ko‘zlangan maqsad to‘g‘risida qisqacha tushuntirishlar berib o‘tdi.
Tashrif nihoyasida bog‘cha tarbiyalanuvchilariga ularning yoshlariga mos kitoblar ham hadya qilindi.
Odiljon Junaydullayev
Farg‘ona tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment