Tuman jamiyati raisi ijtimoiy loyihaga o‘z hissasini qo‘shdi

Tuman jamiyati raisi ijtimoiy loyihaga o‘z hissasini qo‘shdi

Quva tumanida Xalq ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan joriy yilning 5-8 may kunlari «Maktabimni eslab» ijtimoiy loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning turli sohalarida yutuqlarga erishib kelayotgan rahbar va mas’ul xodimlarni o‘zlari tahsil olgan maktablarga tashrif buyurishib, ustozlar va o‘quvchilar bilan maktab davridagi voqealar, erishilgan yutuqlar to‘g‘risida suhbatlashishlariga imkoniyat yaratib berishdan iboratdir.

Quva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Adhamjon Xamidov ham yuqoridagi ijtimoiy loyihada ishtirok etish maqsadida o‘zi tahsil olgan 2-maktabga tashrif buyurdi hamda ustozlar va o‘quvchilar bilan suhbat jarayonida ularga turli badiiy va ilmiy ommabop kitoblar hadya qildi.

Feruza Umurzaqova
Quva tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment