Yana asoslanmagan qarzdorlik

Yana asoslanmagan qarzdorlik

O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning Oqtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi S.Yu.ning tabiiy gazdan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan kelgan qarzdorlikdan norozi bo‘lib yozgan murojaati o‘rganildi.

O‘rganishda xonadon tabiiy gaz tarmog‘iga ulanganligi, hozirda undan hisoblagich orqali foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi. Iste’molchining gaz hisoblagichi va qo‘lidagi mavjud to‘lov qog‘ozlari qayta hisob-kitob qilinganda foydalanilayotgan tabiiy gaz to‘lovlaridan 160000 so‘m miqdorida qarzdorligi mavjudligi qayd qilindi.

Lekin tuman gaz idorasi tomonidan iste’molchi xonadoniga nisbatan hisoblangan 318000 so‘m miqdoridagi qarzdorlik qaerdan kelib chiqqanligiga aniqlik kiritish maqsadida gaz idora mas’ullari bilan birgalikda olib borilgan o‘rganishda, uning kelib chiqishiga komp’yuterga kiritilgan noto‘g‘ri ma’lumot sabab bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Idora mas’ullaridan ushbu qarzdorlikni iste’molchi zimmasidan soqit qilish chora-tadbirlarini ko‘rish so‘raldi.

Isomiddin Abbosov
O‘zbekiston tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

(illyustrativ foto)

Post Comment