Tibbiyot muassasasi xodimining iste’molchilik huquqiy himoya qilindi
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Federatsiyaning shahar tez tibbiy yordam bo‘limida tashkil etilgan tayanch guruhi faoli B.Boboqulovdan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda bildirilishicha, kommunal idora korxonasi xodimlari uning xonadoniga 146 000 so‘m miqdorda qarzdorligi mavjudligini ma’lum qilishgan. Vaholanki, iste’molchi bu boradagi to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab kelayotgan bo‘lgan.
Murojaatni o‘rganish jarayonida iste’molchiga nisbatan bildirilgan qarzdorlik asoslantirilmaganligi sababli masala iste’molchining foydasiga hal etilishi bilan yakun topdi.
Saidxon Xapizov
Marg‘ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment