Yangi tayanch guruhlari faoliyatini tashkil qilish yo‘nalishidagi ishlardan
Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari tuman hududidagi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti yuzasidan turli ma’naviy-ma’rifiy hamda targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazmoqdalar. Tadbirlarda aholining keng qatlamlarini iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatida faol ishtirok etishga ham chaqirilmoqda.
Tuman «Markaziy Dehqon bozori» AJ mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida iste’molchilik sohasiga oid amaldagi qonunchilik asoslari, sohaga oid yangiliklar, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari faoliyati xususida axborotlar berib o‘tilib, tashkilot xodimlarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Tadbir doirasida qaysi mansab yoki lavozimda ishlashidan, uning mehnat faoliyati davlat tashkilotida bo‘ladimi yoki xususiy yo‘nalishdami, avvalambor iste’molchi ekanligi xususida tushuntirishlar ham berib o‘tilib, mazkur tashkilotda Federatsiyaning tayanch guruhini tashkil qilish masalasining muhokamasi ham o‘tkazildi. Tadbir yakunlariga ko‘ra, unda ishtirok etgan iste’molchilarning fikr va mulohazalari hamda takliflarini inobatga olgan holda ushbu tashkilotda tayanch guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasida kelishuvga erishildi.
Xamidjon Axmedov
Beshariq tuman jamiyati raisi
Post Comment