Transformator punktidagi nosozlik bartaraf etildi
Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Yangi hayot ko‘chasida yashovchi fuqaro I.Xusanov murojaat qilib, o‘zi yashab kelayotgan mahalladagi elektr transformator punktida yuzaga kelayotgan nosozliklar xususida ma’lum qilib, muammoni bartaraf etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragandi.
Murojaatda bildirilishicha, tuman elektr ta’minoti korxonasidan navbatchi usta kelib, transformator punkti (TP)dagi nosozlikni bartaraf etib ketishiga qaramasdan, mazkur nosozlik yana takrorlanavergan. Bu holat mazkur TP iste’molchilarini ikki kun elektr energiyasisiz qolishlariga ham sabab bo‘lgan.
Ushbu murojaat yuzasidan tuman jamiyati mutaxassisi Q.O‘rinov va tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimi D.Xoshimovlar tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida mazkur TP zo‘riqib ishlashi natijasida natijasida nosoz holatga kelganligi ma’lum bo‘ldi. Murojaatni o‘rganish jarayonida tuman elektr ta’minoti korxonasi sa’y-harakatlari bilan zaxiradagi transformator olib kelib o‘rnatildi. Natijada aholini qiynab turgan muammo bartaraf etilishigia erishildi.
Dilorom Mirzayeva
Bag‘dod tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment