Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotlar
Yozyovon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari tomonidan tuman hududidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mazkur muassasalar xodimlari ishtirokida o‘tkazilayotgan ochiq, yuzma-yuz muloqotlar davom ettirilmoqda. Shunday tadbirlardan biri 12-maktabgacha ta’lim tashkilotida ham o‘tkazildi.
Tadbirlardan ko‘zlangan maqsad, Federatsiyaning tayanch guruhlari tashkillangan ta’lim muassasalarida tayanch guruhi a’zolari holidan xabar olish, tashkillanmagan muassasalarda xodimlar (iste’molchilar)ni iste’molchilik ijtimoiy harakatiga jalb qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini yanada oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, aholining keng qatlamlarini sohaga oid yangiliklardan xabardor qilish va boshqalardan iborat.
Tadbir doirasida tashkilot xodimlarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilmoqda, huquqiy maslahatlar berilmoqda, shuningdek qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar tegishli ravishda qayd qilib olinib, ularni hal qilish choralari ko‘rilmoqda.
Ma’mura Umarova
Yozyovon tuman jamiyati raisi
Post Comment