Iste’mol madaniyatini oshirishni ko‘zda tutuvchi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari Federatsiyaning hududdagi tayanch guruhlari faollari bilan uchrashib, “Yuksak iste’mol madaniyati sari” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqdalar. Tumandagi 14-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan o‘quv seminari ham shular jumlasidandir.
Tadbir ishtirokchilariga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslarini tushuntirish va targ‘ib qilish barobarida, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning quyi tuzilmalari tomonidan joylarda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ham ma’lumotlar berib o‘tildi.
Maktab jamoasiga barchaning iste’molchi ekanligidan kelib chiqqan holda, kundalik turmush jarayonida iste’molchilik masalasida muammolarga duch kelganda, iste’molchilik huquqlari buzilganda Federatsiyaning markaziy apparati va joylardagi ijro etuvchi apparatlariga murojaat qilish tartiblari, ular uchun bu borada yaratilgan qulayliklar tushuntirilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment